08:37 / 18.04.2016
1687

Messi «Valensiya»ga qarshi mag‘lubiyatli o‘yinda o‘z faoliyatidagi 500-golini urdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 33-turida «Valensiya»ga qarshi kechgan va 1:2 hisobida yakunlangan o‘yindagi javob goli muallifi bo‘ldi.

Bu gol uning futbolchilik faoliyatidagi 500-golga aylandi. Shundan 450tasini Messi kataloniyaliklar jamoasi uchun urgan, yana 50ta gol Argentina terma jamoasi safida urilgan.

Shuningdek, «Valensiya» Messidan 20ta gol o‘tkazib yuborgan to‘rtinchi jamoaga aylandi. Messi La Liga jamoalari orasida eng ko‘p golni «Sevilya» va «Atletiko» darvozasiga yo‘llagan - 25ta. Shuningdek, undan «Real» ham 21ta gol o‘tkazgan.

«Valensiya»ga qarshi o‘yingacha 28-yoshli bu futbolchi 5ta o‘yindan iborat golsiz seriya o‘tkazdi.

Top