18:56 / 18.04.2016
2009

Tesla Model 3 avtomobilining asosiy raqiblari sanab o‘tildi

Internet tarmog‘ida elektromobil muxlislari uchun ajoyib tavsiyalar paydo bo‘ldi. Unda Ilon Maskning ommaviy sedani sotuvi boshlanishini kutib, toqati toq bo‘lganlar uchun boshqa elektromobillar taqdim etilgan.

Elektromobillar olamida eng ommabop bo‘lishi kutilayotgan Tesla Model 3 mashinasi 2017 yil oxirlaridan boshlab sotila boshlanadi. Ammo, hozirdanoq unga berilgan buyurtmalar soni 325 mingdan ortib ketgan. Biroq, bu bozorda yagona elektromobil degani emas, albatta. Tesla Model 3 sedanining raqobatchilari allaqachon yo‘llarda kezib yuribdi.

BMW i3

BMW’ning bu modeli futuristik dizayn va energiyani tejovchi uzatmalar qutisiga ega bo‘lib, bozordagi shu turdagi boshqa avtomobillarga nisbatan qimmatroq turadi.

Chevrolet Spark EV

Spark EV nafaqat, qulay va ishchan, balki boshqarish ham juda yoqimli. Uni elektromobillar orasida sportkar deyish mumkin.

Chevrolet Volt 

Volt — bu mashina gibrid bo‘lgani uchun ham qulaydir. Batareya quvvati yordamida 85 km ni bosib o‘tish mumkin bo‘lsa, uzoq safarlarda benzinli motori qo‘l keladi.

Fiat 500e 

500ye — entuziastlar uchun mo‘ljallangan desa bo‘ladi. Anchagina tezkor va boshqaruvda qulay avtomobil. Afsuski, u tez quvvatlana olmaydi.

Kia Soul EV

Kia Soul EV — bir marta quvvat olgach, 150 km yo‘l yura oladi. Shu bilan birga, tez quvvatlanish funksiyasi bilan faxrlansa arziydi.

Mitsubishi i-MiEV 

i-MiEV modeli tuxum shaklli bo‘lib, elektrokarning o‘ziga xos variantidir. Unda unchalik uzoq masofani bosib o‘tish imkonsiz, ammo ChaDeMo adapteri yordamida tezda quvvatlana oladi.

Nissan Leaf 

Nissan Leaf — jahondagi eng ko‘p sotilayotgan elektrokar hisoblanadi. U bir marta quvvat olgach, 172 km masofaga bora oladi, ammo qo‘shimcha 30 kVtlik batareyasi ham borligini unutmaslik lozim.

Volkswagen e-Golf 

Volkswagen e-Golf — dunyoda eng ko‘p sotiladigan avtomobilning elektrli ko‘rinishi. U, tez, qulay va boshqaruvi yoqimli.

Top