17:06 / 19.04.2016
1723

«Barselona»ga Neymarning hayot tarzi yoqmayapti

Kataloniyaning «Barselona» klubi rahbariyati hujumchi Neymarning so‘nggi vaqtlardagi muvaffaqiyatsiz o‘yinidan xavotirga tushmoqda. Jamoaga Neymarning hayot tarzi ma'qul kelmayapti.

La Vanguardia tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklarning fikri bo‘yicha, futbolchi bazmlar, dam olish va reklama uchun tasvirga olish jarayonlari uchun haddan tashqari ko‘p vaqtini sarflamoqda.

Qayd qilinishicha, klub hali muvaffaqiyatsizliklar seriyasi boshlamasdan oldinroq Neymardagi ushbu muammoga e'tibor qaratgan, ammo hozirga kelib vaziyat keskinlashdi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» so‘nggi 6ta o‘yinda bir marta g‘alaba qozondi. Bu uchrashuvlarda Neymar faqat bir marta penaltidan gol urdi.

Braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 29ta o‘yinda 21ta gol urgan va 10ta golga assistentlik qilgan.

Top