11:26 / 19.04.2016
1462

Obama Boston marafonini protez bilan yugurib o‘tgan qizga minnatdorchilik bildirdi

Amerika prezidenti Barak Obama CBS News'ning 2013 yildagi teraktlar natijasida jarohat olganidan keyin Boston marafonida qatnashgan Adrianna Haslet haqidagi yangiligiga munosabat bildirdi.

"Adrianna, Bostondagi matonat uchun rahmat. Terror va bombalar bizni mag‘lub etolmaydi. Biz davom ettiramiz, biz poygani nihoyasiga yetkazamiz!", - deb yozdi Obama o‘z tvitterida.

Prezident teraktdan so‘ng paydo bo‘lgan Boston Strong (yoki Be Strong — kuchli bo‘l) shiorini qo‘llagan.

Professional raqqosa Haslet uch yil ilgari yuz bergan terakt tufayli oyog‘idan ajraldi, biroq 2016 yildagi marafonni tugata oldi.

Bundan avvalroq, Boston marafonida efiopiyalik sportchilar g‘alaba qozonishgani haqida xabar berilgandi.

Top