23:46 / 19.04.2016
1548

OChL. "Paxtakor" safarda o‘zi uchun muhim bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdi

Osiyo Chempionlar Ligasi «C» guruhi 5-turidan o‘rin olgan "Al Jazira" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 10 daqiqasida Sherzod Karimov hisobni ochdi. Tanaffusga qadar ushbu hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limning 62 daqiqasida Nikita Ribkin o‘z jarima maydonchasida raqib futbolchisiga nisbatan qo‘pol o‘ynadi, deb topildi va uning darvozasi tomon penalti belgilandi. Ali Mabxut uni bexato bajardi, 1:1.

Ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Igor Sergeyev “Al-Jazira” himoyachilarining xatosidan unumli foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 84 daqiqada yana Sergeyev katta sahnaga chiqdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisini raqib jarima maydonchasida yiqitishdi va uning o‘zi 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirdi. Penaltini bexato bajargan hujumchimiz hisobni 1:3 ko‘rinishiga olib keldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” nazariy jihatdan keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatni saqlab qoldi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda "Traktorsozi" safarda "Al Hilol"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Endi "Paxtakor" guruhdan chiqishi uchun Toshkentda ham "Al Jazira"ni mag‘lub etishi kerak. Shu bilan birga "Traktorsozi" o‘z uyida "Al Hilol"ni mag‘lub etishi shart.

"Al Hilol" - "Traktorsozi" uchrashuvi 0:2 hisobi bilan yakunlandi.

OChL-2016
"D" guruhi, 5-tur.
"Al Jazira" - "Paxtakor" 1:3
Gollar: Karimov 9, Ali Mabxut 61 penalti, Igor Sergeyev 63, Igor Sergeyev 83 penalti.
Ogohlantirishlar: Javohir Sohibov 20, Azim Ahmedov 24, Saif Xalfan 42, Ali Mabxut 53, Nikita Ribkin 62, Adnan Oraxovats 77. 

"Al Jazira"- Al Senani, Xalfan, Mabxut, Park Jong Vu, Tiago Neves, Geilani (Xalfan Muborak, 75), Rashid, Musa, Yusuf, Al Hashmi (Kenvayn Jons, 65), Abdulaziz.

"Paxtakor"- Nikita Ribkin, Adnan Oraxovats, Azim Ahmedov, Sherzod Karimov, Jaloliddin Masharipov (Oybek Qilichev, 88), Igor Sergeyev, Jamshid Boltaboyev, Javohir Sohibov, Kamoliddin Tojiyev, Davron Hoshimov, Vladimir Kozak (Akbar Ismatullayev, 74).

Top