18:43 / 19.04.2016
5276

Toshkentda marketing va reklama haftaligi boshlandi

19-27 aprel kunlari Toshkent shahrida ADWEEK.UZ – marketing va reklama haftaligi o‘tkaziladi. Reklama, marketing, dizayn, media, texnologiyalar va ko‘ngil ochish xizmatlari sohalari mutaxassislari birinchi marta yagona maydonga yig‘ilishadi va reklama hamda marketing kommunikatsiyalari sanoatidagi innovatsiyaviy yechimlarning ko‘p turli ekanligini namoyish etishadi.

Marketing va reklama haftaligi bir nechta yirik tadbirlarni qamrab oladi:

25-26 aprelda ADFORUM 2016 forum-ko‘rgazmasi tashkil etiladi, unda mamlakatning yetakchi kompaniyalari mahsulotlari va xizmatlari namoyish etiladi. ADFORUM 2016 tadbirida 30dan ziyod kompaniyalar qatnashishi kutilmoqda. Ishtirokchilar ishlab chiqarish reklama agentliklari, dizayn-, web-, production-studiyalar, poligrafiya korxonalari, media va marketing agentliklari va boshqalardan iborat bo‘ladi.

ADFORUM 2016 konferensiya qismida seminarlar va mahorat saboqlari o‘tkaziladi. Forum-ko‘rgazma qatnashchilari o‘z yutuqlarini namoyish etish, sheriklar portfoliolari bilan tanishish, buyurtmachilar topish va yangi tanishuvlarni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘ladilar.

27 aprelda ADFEST 2016 – birinchi Toshkent marketing va reklama festivali o‘tkaziladi, unda mamlakat art-studiyalari bellashadilar. adweek.uz sayti orqali onlayn-ovoz berish yo‘li bilan yilning eng yaxshi reklama yechimlari aniqlanadi. Festival natijalari 27 apreldagi taqdimot marosimida e'lon qilinadi. Mazkur tadbir bilan Marketing va reklama haftaligiga yakun yasaladi.

Reklama festivali bilan bir vaqtda ADBRAND 2016 – brendlar o‘rtasida tanlov bo‘lib o‘tadi. Birinchilik uchun kurashda O‘zbekiston hududida mahsulot chiqarayotgan yoki xizmat ko‘rsatayotgan har qanday korxona qatnashishi mumkin.

Bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha onlayn-ovoz berish Haftalik saytida tashkil etiladi. Tanlov natijalari taqdimot marosimida ma'lum qilinadi.

Shuningdek, haftalik doirasida bir qancha sheriklik tadbirlari o‘tkaziladi:

20 aprelda Ledokol Group kompaniyasi UseNet//2016 professional internet-konferensiyasini tashkil etadi. Uch yillik tanaffusdan so‘ng, UseNet//2016 yana tarmoq ekspertlarini bir joyga jamlaydi, unda O‘zbekistonda internet-reklama rivojlanishi yo‘llarini muhokama etiladi. Bundan tashqari, 22 aprelda Rossiyaning yetakchi mutaxassislari Sergey Spivakov va Damir Xalilovning internet-marketing bo‘yicha seminarlari o‘tkaziladi.

27 aprelda Be the CHANGE Group Igor Manning ikkita seminarini uyushtiradi. Rossiyalik mashhur marketolog bozorda qanday qilib yetakchi mavqega erishish va byudjyetsiz sifatli reklama kampaniyasini qanday uyushtirish haqida so‘zlaydi.

Haftalik tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,“Siymo” reklama agentligi va ICTNEWS Conferences.

Tadbirni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi, “Kamolot” ijtimoiy harakati, Toshkent shahar hokimiyati, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi yaqindan ko‘mak berdi.

Tadbir hamkorlari: Mice Group, Ledokol Group, Be the CHANGE Group,“OSIYO Reklama Agentligi” reklama agentligi, NESTLE va BLISS.

Axborot hamkorlari: PR.uz, Gazeta.uz, Potrebiteli.uz, Daryo.uz, Mover.uz, UzReport.uz, ICTNEWS va «Ekonomicheskoye obozreniye», va radio ORIAT Dono. Bosh axborot hamkor – UZREPORT TV.

Top