16:05 / 20.04.2016
1467

«Yuventus» rahbariyati yozda Pogbani 100 mln yevroga ham sotmaslikka qaror qildi

Turinning «Yuventus» jamoasi yosh yarimhimoyachisi Pol Pogbani yozgi transferlar vaqtida sotmaslikka qaror qilgan. Bu haqda la Gazzetta dello Sport xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, turinliklar klubi rahbariyati fransiyalik 23 yoshli ushbu futbolchi atrofida jamoani shakllantirishni rejalashtirgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, jamoa rahbariyati ushbu futbolchi uchun hatto 100 mln yevro taklif qilinsa ham buni rad etadi.

Keyingi vaqtlarda ushbu futbolchiga «Barselona», «PSJ», «Chelsi» hamda «Manchester Siti» jamoalaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgandi.

Top