08:48 / 21.04.2016
1608

APL, qoldirilgan uchrashuvlar. «Liverpul» «Everton»ni yengdi va boshqa natijalar

20 aprel kuni APLning qoldirilgan turlari doirasida 3ta uchrashuv o‘tkazildi. Liverpulda «Liverpul» va «Everton» o‘rtasida derbi uchrashuvi o‘tkazilgan bo‘lsa, «Manchester Yunayted» «Kristal Pelas»ni qabul qildi. Yana bir uchrashuv «Vest Hem» va «Uotford» o‘rtasida kechdi.

Har uchala o‘yinda YeChL yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirayotgan jamoalar g‘alabaga erishdi.

Mersisayd derbisida yirik hisob qayd etildi, Yurgen Klopp boshqaruvida «Liverpul» raqibi darvozasini javobsiz 4 bor ishg‘ol qildi. Endi «Liverpul» ochkolari sonini 54taga yetkazib, 7-o‘rinda borayotgan «Sauthempton»ni quvib o‘tdi. Jamoa ixtiyorida yana bir qoldirilgan o‘yin mavjud.

«Manchester Yunayted» Angliya chempionati qoldirilgan turi doirasida «Kristal Pelas»ni qabul qildi va 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. «Vest Hem» esa «Uotford»ga imkoniyat qoldirmadi - 3:1.

34-turdan keyin «qizil iblislar» 59, London klubi bo‘lmish «Vest Hem» esa 56 ochkoga ega. Jamoalar mos ravishda 5—6-o‘rinlarni band qilgan.

Liverpul – Everton 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 43 Oriji, 2:0 – 45 Sako, 3:0 – 61 Starridj, 4:0 – 76 Koutino.
Liverpul – Minole, Klayn, Lovren, Sako, Moreno, Lallana, Milner (Ayb, 81), Leyva, Koutino, Firmino (Allen, 66), Oriji (Starrij, 54).
Everton – Robles, Ovedo, Stounz (Piyenar, 62), Funes Mori, Beyns, Makkarti, Berri (Beshich, 46), Miralyas, Barkli (Kleverli, 58), Lennon, Lukaku.
Chetlatish: Funes Mori (50).

Manchester Yunayted – Kristal Pelas 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4, avtogol Dileyni, 2:0 – 55 Darmian.
Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Smolling, Blind, Darmian, Shnayderlin, Lingard (Errera, 73), Mata, Runi (Fellayni, 78), Marsyal, Reshford (Depay, 64).
Kristal Pelas – Speroni, Kelli, Mariappa, Dileyni, Suare, Kabay (Makartur, 66), Yedinak, Zaa, Li Chun Yun (Match, 60), Sako, Adebayor (Uikxem, 75).

Vest Hem – Uotford 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 11 Kerroll, 2:0 – 45, penalti Nobl, 3:0 – 53, penalti Nobl, 3:1 – 64 Predl.
Vest Hem – Adrian, Antonio, Rid, Ogbonna, Kressuell, Nobl, Kuyate, Lansini, Sako (Mozes, 78), Kerroll (Emenike, 87), Payye (Kollinz, 90).
Uotford – Gomes, Paredes, Predl, Ketkart, Xolebas, Gediura (Anya, 57), Bexrami, Suares, Abdi (Dini, 76), Xurado (Bergeys, 56), Amrabat.
Chetlatish: Amrabat (90).

Top