09:55 / 21.04.2016
1583

«Borussiya» «Herta»ni yengib, Kubok finaliga yo‘l oldi

Futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining ikkinchi finalchisi nomi ham ma'lum bo‘ldi. 2015/16 yilgi mavsumda kubok egasi nomi «Bavariya» — «Borussiya Dortmund» o‘yinida aniqlanadi.

20 aprel kuni Dortmundning «Borussiya» klubi Germaniya Bundesligasida 4-o‘rinni egallab turgan «Herta» bilan final yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi. O‘yin mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bir kun oldin «Bavariya» «Verder»ni mag‘lubiyatga uchratib, Germaniya Kubogi finaliga yo‘l olgandi.

«Borussiya» va «Bavariya» to‘rtinchi marta Germaniya Kubogi finalida uchrashadi. O‘tgan 3 to‘qnashuvdan bittasida, 2011-12 yilgi mavsumda dortmundliklar 5:2 hisobida g‘alaba qilishgandi. Myunxenliklar shu vaqtgacha 17 marta bunday finallarda g‘olib chiqqan.

Germaniya Kubogi
Yarim final o‘yini
20 aprel, chorshanba

«Herta» — «Borussiya Dortmund» 0:3
Gollar: Gonsalo Kastro, 20 (0:1). Marko Roys, 75 (0:2). Genrix Mxitaryan, 83 (0:3).
Herta – Yarsteyn, Lustenberger, Bruks, Plattenxardt, Xaraguti (Shiber, 65), Vayzer, Shelbred, Shtark, Xegeler (Baumyoxann, 62), Kalu, Ibishevich.
Borussiya D – Byurki, Xummels, Shmeltser (Durm, 84), Pishchek, Vaygl, Kagava, Bender, Mxitaryan, Kastro (Gyundogan, 77), Roys, Ramos.
Ogohlantirishlar: Kastro (70), Plattenxardt (72).

«Bavariya» Myullerning dubli evaziga «Verder»ni yengib, Kubok finaliga yo‘l oldi

Top