23:37 / 21.04.2016
7553

Ford Mustang dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotiluvchi sportkarga aylandi

Ikki eshikli Ford Mustang 2015 yil sarhisobi bo‘yicha dunyodagi eng ko‘p sotiluvchi sportkar deb topildi. Bu haqda IHS Automotive tahliliy firmasi xabar berdi.

12 oy ichida Ford kompaniyasi 141 ming 868ta «Mustang»ni sotishga ulgurdi. Ulardan 30 mingga yaqin nusxasi almashtirish uchun modifikatsiya qilingan. Biroq boshqa modellarning sotuvi haqida Ford ham, IHS ham aniq ma'lumot bermagan.

IHS qayd etishicha, Mustang 2015 yilning birinchi olti oyidan boshlab yetakchilik qilib kelgan. Birinchi yarimyillikda 76 ming 124ta sportkar sotilgan.

«Mustang» joriy yilda ham yetakchilikni qo‘ldan boy bermay kelmoqda. Mart oyida Shimoliy Amerikada modelning 12 ming 563ta nusxasi sotilgan. Chevrolet Camaro va Dodge Challenger esa joriy yilning uch oyida 12 ming 248 nusxada sotildi.

AQShda Ford Mustang to‘rtta motor bilan sotilmoqda: 2.3 (310 ot kuchi), 3.7 (300 ot kuchi), 5.0 (435 ot kuchi) va 5.2 (526 ot kuchi). Modelning eng arzon varianti 24 ming 145 dollarga baholangan.

2014 yilda IHS Automotive ma'lumotiga ko‘ra, Mazda MX-5 rodsteri dunyoda eng ko‘p sotilgan sportkar bo‘lgan.

Top