15:56 / 21.04.2016
1833

O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi diplomatlari ikki mamlakat prezidentlari uchrashuvini muhokama qilishdi

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Saidikrom Niyozxo‘jayev va Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Grigoriy Karasin O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuv masalalarini muhokama etishdi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar bermoqda.

"Tomonlar Rossiya-O‘zbekiston rahbarlari o‘rtasida kechadigan uchrashuvni oliy darajada o‘tkazishni va kun tartibida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama etishdi", — deyiladi Rossiya TIV saytida e'lon qilingan ma'lumotda.

Top