16:27 / 21.04.2016
1246

Poroshenko Rossiya filmlarini ko‘rishni taqiqlovchi qonunga imzo chekdi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Rossiyada 2014 yil 1 yanvardan keyin yaratilgan filmlarning namoyishini taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqida "112 Ukraina" telekanali xabar berdi.

"Mazkur qonun loyihasi Ukraina milliy xavfsizligining himoyasini ko‘tarish, jamiyatda ayirmachilik kayfiyatning pasayishi va davlat avtoritetining mustahkamlanishiga qaratilgan", - deb ta'kidlanadi hujjatdagi tushuntirish xatida.

Bundan avvalroq, Ukraina milliy kengashining teleradio masalalari bo‘yicha rahbari Yuriy Artemenko madaniyat vaziriga Rossiya madaniyat xodimlarining qora ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish talabi bilan chiqqan.

Ukrainada shuningdek Rossiyaning 13ta telekanali va aktyor Yuriy Galtsev va xonanda Grigoriy Leps ishtirokidagi filmlar ham taqiqlangan.

Top