07:00 / 21.04.2016
1268

Texasdagi suv toshqinlarida 8 kishi halok bo‘ldi

Joriy haftada AQShning Xyuston shahrida kuchli yomg‘irlar oqibatida kelib chiqqan suv toshqinlari 8 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda 20 aprelda mahalliy hokimiyat vakillari ma'lum qilishdi.

Ko‘pchilik halok bo‘lganlar jasadi suv tagida qolib ketgan avtomobillar ichidan topilgan. Odamlar avtomobillardan chiqa olmay, cho‘kib ketganlar. 1,1 mingga yaqin uy talofat ko‘rgan. Aksariyati dengiz sathidan yuqorida joylashgan ba'zi hududlarda ko‘chalardagi suv balandligi 48 sm ni tashkil qilmoqda. Shtat gubernatori Greg Ebbott Texasning 9 ta okrugini tabiiy fojia hududi deb e'lon qildi.

Xyustondagi suv toshqini shaharda past atmosfera bosimi hududining saqlanishi natijasidir, buning hisobiga Meksika bo‘g‘ozidan keladigan iliq havo Texasning bir qismi bo‘ylab tarqalgan.

Meteorologlarning ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda jalalar davom etishi mumkin. Avvalroq Xyuston hududiga 450-500 mm yog‘ingarchilik tushgani ma'lum qilingandi. Bu shahar AQShda aholi soni bo‘yicha 4-raqamli shahar hisoblanadi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha Nyu-York, Los-Anjyeles va Chikagodan keyin turadi.

Top