08:43 / 21.04.2016
1395

Tramp o‘z samolyotida uchish imkoniyatidan vaqtinchalik mahrum etildi

Milliarder Donald Trampning Cessna 750 Citation X samolyoti ro‘yxatdan o‘tkazilishdagi muammolar hal qilinguncha vaqtinchalik foydalanishdan chiqarildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Samolyotdan foydalanishni to‘xtatish haqidagi qaror AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi (FAA) tomonidan qabul qilingan. Bunga samolyotni ro‘yxtdan o‘tkazish muddati yanvardayoq tugagani sabab bo‘lgan.

Tramp o‘z samolyotidan prezidentlik uchun saylovoldi tadbirlarida foydalanayotgan edi. Biroq uning ixtiyorida uchta vertolyot va bitta Boeing 757 samolyoti bor.

FAA’da aytilishcha, Tramp hujjatlarni tegishli ko‘rinishga keltirish bilan shug‘ullanmoqda va u samolyotni qayta ro‘yxatdan o‘tkazgach, undan yana foydalana olishi mumkin bo‘ladi.

Bundan avvalroq Tramp o‘ziga tegishli Trump Tower binosida Nyu-York shtatidagi praymerizdagi g‘alabasini nishonladi.

Top