09:36 / 22.04.2016
1384

«Manchester Siti» Stounz uchun kurashda «Chelsi», «MYu» va «Barselona»ni ortda qoldirib, yetakchilik qilmoqda

Angliyaning «Everton» klubi himoyachisi Jon Stounz hamon transfer bozorining eng faol ishtirokchilaridan biri bo‘lib turibdi.

The Telegraph nashri bergan xabarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazmagan bo‘lsada, yozda uni sotib olish uchun «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Barselona» jamoalari harakat qilishmoqchi. Biroq, Stounz uchun kechadigan kurashda «Manchester Siti» vakillari yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida «Everton» klubi «Chelsi» tomonidan himoyachiga jo‘natilgan uchta taklifni rad etgandi. O‘shanda londonliklar Jon uchun 37 million funt berishga tayyorligini bildirishgandi.

Top