20:21 / 22.04.2016
2321

O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasida mini-futbol bo‘yicha turnir o‘tkazildi

2016 yil 22 aprel kuni O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi XXXI yozgi Olimpiada va XV yozgi Paralimpiya o‘yinlari oldidan sport federatsiyalari bilan o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida assotsiatsiya majmuasida sport federatsiyalari xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha turnir o‘tkazdi. Mazkur turnirda Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy oimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston boks federatsiyasi, O‘zbekiston tennis federatsiyasi, O‘zbekiston taekvando federatsiyasi va O‘zbekiston suv sport turlari federatsiyalari ishtirok etdilar.

Tadbir so‘ngida Assotsiatsiya tomonidan g‘olib jamoaga “Paralimpiya Kubogi” va sovg‘alar taqdim etildi va taniqli san'atkorlar o‘z san'atlari bilan yig‘ilganlarni tadbir davomida xushnud etdilar.

Top