19:38 / 23.04.2016
1455

London meri Obamaning nima uchun Buyuk Britaniyani yoqtirmasligi sababini aytdi

London meri Boris Jonson The Sun gazetasida AQSh prezidenti Barak Obamaning Birlashgan Qirollikka amalga oshirgan tashrifi haqida yozar ekan, "Amerika yetakchisi, ehtimol, kelib chiqishi keniyalik bo‘lgani uchun ham Britaniya imperiyasiga nisbatan "salbiy munosabatni meros qilib olgandir" degan ilmoqli fikrni bildirdi.

Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, "ba'zilarning aytishicha", Obamaning 2009 yilda Oval kabinetdan Cherchillning byustini olib tashlashi - yo Buyuk Britaniyani tahqirlash, yo bo‘lmasa uning davlatimizga salbiy munosabati avloddan avlodga meros bo‘lishidan dalolat. Shuningdek, Jonson ba'zilar Cherchillning byustini olib tashlash Britaniya siyosatchisi g‘oyalarining endi to‘g‘ri kelmay qolganligi tufayli shunday qarorga kelganligini ta'kidlaydi.

Umuman olganda, Jonsonning rukni iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi to‘g‘risidagi referendumiga bag‘ishlanadi. London meri YeIdan chiqish tarafdori, Obama esa Buyuk Britaniyaga tashrifi chog‘ida mamlakatni Yevroittifoq bilan aloqani uzmaslikka chaqirdi.

Obamaning keniyalik ildizlari haqidagi Jonsonning so‘zlari Buyuk Britaniya siyosiy doirasida bir qator tanqidlarga sabab bo‘ldi. Buyuk Britaniya G‘aznachilik kansleri Jon Makdonnel Jonsonni bunday fikrdan qaytishga chaqirdi.

Top