09:36 / 25.04.2016
1704

Hummels «Bavariya» bilan 4 yillik shartnoma tuzish xususida kelishuvga erishdi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi sardori Mats Hummelsning chempionat gegemoni «Bavariya» safiga o‘tib ketishi oydinlashmoqda.

Bild nashrining yozishicha, u myunxenliklar rahbariyati bilan 4 yillik shartnoma tuzish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan. Uning yangi jamoasidagi maoshi yiliga 10 million yevroni tashkil etadi.

Bundan oldinroq, ushbu futbolchining transferi uchun «Bavariya» 30 million yevro to‘lashga tayyorligi haqida xabar qilingandi.

«Bavariya» «Borussiya»dan yana bir futbolchini transfer qilmoqchi

«Borussiya» muxlislari: «Mats Hummels, sen faqat bizning klubda qolib afsonaga aylanishing mumkin»

Top