16:43 / 25.04.2016
1481

Moskva vokzallarida videomurojaat terminallari paydo bo‘ldi

Moskva vokzallarida, yo‘lovchilarning videomurojaat qilishlariga imkoniyat yaratildi, deb xabar qilmoqda M24.ru portali «RJD» temir yo‘l vokzallari direksiyasi matbuot xizmatiga tayangan holda.

«Temir yo‘l vokzallarida video orqali shikoyat yoki boshqa maqsadda murojaat qilish uchun terminallar joylashtirildi. Yo‘lovchilar uning yordamida temir yo‘l vokzallari boshqaruviga o‘zlarini qiziqtirgan har qanday masalada bevosita murojaat qilishlari mumkin. Murojaatlarga javoblar "RJD" (Rossiya temir yo‘llari) saytiga joylashtiriladi», –deyiladi matbuot xizmati xabarnomasida.

Ilk beshta terminal Leningrad (ikkita) va Qozon (uchta terminal) vokzallariga o‘rnatilgan. Yil oxirigacha bunday terminallar Moskvaning barcha temir yo‘l vokzallarida paydo bo‘ladi.

O‘z navbatida, Yo‘lovchilar ittifoqi raisi Kirill Yankovning aytishicha, yo‘lovchilarni qiziqtirgan masalalar, faqatgina vokzal faoliyati emas, balki temir yo‘llardagi barcha muammolarga bog‘liq.

Top