21:23 / 25.04.2016
1561

Qozog‘istonning yangi bosh prokurori tayinlandi

Qozog‘iston Respublikasining sobiq bosh prokurori o‘rinbosari Jakip Asanov Qozog‘iston bosh prokurori etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati tvitterda.

"Davlat rahbari farmoni bilan J.Asanov Qozog‘iston bosh prokurori etib tayinlandi", deb aytilmoqda xabarda.

Avval bu lavozimni Asxat Daulboyev egallab kelgan.

"Davlat rahbari farmoni bilan Daulbayev Asxat Qayzullayevich boshqa ishga o‘tayotgani sababli Qozog‘iston bosh prokurori lavozimidan ozod etildi", deb qo‘shimcha qilindi Oqo‘rdada.

Jakip Kajmanovich Asanov 1963 yil Qizilo‘rdada tavallud topgan. S.M.Kirov nomidagi Qozog‘iston davlat universitetini "huquqshunoslik" mutaxassisligi bo‘yicha yakunlagan.

2012 yil 6 sentabrda Nursulton Nazarboyev farmoni bilan Qozog‘iston bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlangan.

3-sinf Davlat adliya maslahatchisi hisoblanadi. Huquqshunoslik fanlari nomzodi.
Uylangan, uchta farzandi bor.

Top