16:38 / 26.04.2016
1511

Apple xodimlarini yoppasiga ishdan bo‘shatmoqda

Apple korporatsiyasi kadrlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi xodimlar sonini kamaytira boshladi. Bu haqda Venture Beat xabar qildi.

Shunday qilib, kompaniya nafaqat shtatdan tashqari ishlaydigan HR-mutaxassislarni, balki doimiy rasman faoliyat yurituvchilarni ham vazifasidan ozod qilmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, 100dan ortiq xodim ishidan ayrilishi mumkin. Biroq Apple bu masalada oshkora ma'lum qilmadi.

Hozirgacha kompaniya yangi xodimlar sonini bir necha barobarga qisqartirib yubordi, shuning uchun kadrlar bo‘yicha mutaxassislarning xizmatidan voz kechishga qaror qilindi.

Manbaga ko‘ra, kompaniya bonuslar tizimini ham o‘zgartirgan: agar HR-mutaxassislar yangi xodim maoshining 40 foizigacha mukofot olgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 10-15 foizni tashkil etadi. Ba'zi xodimlar esa bonuslardan butunlay mahrum etilgan.

Top