07:15 / 26.04.2016
1391

AQShda ikki o‘smir avtobus bekatidagi odamlarni o‘qqa tutdi

AQShning Neshvill shahrida (Tennesi shtati) noma'lum kimsalar shtatning qonunchilik yig‘ilishi o‘tadigan bino yonidagi avtobus bekatida otishma uyushtirdi.

Otishma oqibatida 4 kishi o‘qotar jarohat olgan. Barcha jabrlanganlar 15-18 yoshli o‘smirlar bo‘lgan, ulardan birining ahvoli og‘ir, deb xabar bermoqda mahalliy WSMV nashri.

Politsiya otishmani sodir etishga aloqadorlikda gumon qilib ikki nafar 17 yoshli o‘smirni qo‘lga oldi. Guvohlarning aytishicha, jinoyatchilar voqea joyidan qochayotib, to‘pponchalarni butalar orasiga uloqtirib yuborgan. Politsiya jinoyat tafsilotlarini o‘rganmoqda.

AQShda otishmalar bilan bog‘liq jinoyatlar juda ko‘p yuz beradi. Bunday noxush voqealardan eng fojialisi 2012 yil 14 dekabrda Nyutaun shahridagi maktabda yuz bergan. O‘shanda Adam Lanza ismli o‘smir avval o‘zining onasini o‘ldirgan, keyin boshlang‘ich maktabda 26 kishini – 20 nafar 5-10 yoshli bolani va 6 nafar katta yoshdagilarni otib tashlagan.

Top