Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:54 / 26.04.2016
2319
1 daqiqa o‘qiladi
Armaniston politsiyasi: Yerevandagi avtobusdagi portlash fugasli bo‘lgan
Yerevanda 25 aprel kechki payt yuz bergan avtobusdagi portlash fugasli bo‘lgan, deb yozdi feysbukda Armaniston politsiyasi boshlig‘i maslahatchisi Narek Malyan.
"Avtobus dizel yonilg‘ida ishlagan, u yonmagan, "quruq portlash" yuz bergan. Avtobus harakatlanayotganda portlagan, haydovchi tirik va o‘z hushida, portlash oskolkali emas, fugasli bo‘lgan", deb yozdi Malyan.
Malyan, shuningdek, bu axborot ayni vaqtda yuz bergan voqeaning to‘liq tafsiloti ekanligini ta'kidlab o‘tgan.