11:22 / 26.04.2016
1844

Google Play Awards mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxati e'lon qilindi

Google har yili Android’ning eng yaxshi ilovalari mualliflarini maxsus mukofot bilan rag‘batlantiradi. 2016 yil g‘oliblari 19 may kuni Google I/O’da e'lon qilinadi.

Quyida nomzodlar ro‘yxati keltirilgan. Ularning barchasi Play Store’dagi maxsus sahifada jamlangan (play.google.com)

Bu sahifa yangi ilova va o‘yinlar izlayotganlar uchun foydali – ularning barchasi birdek sifatli va original.

10ta yo‘nalish bo‘yicha mukofot beriladi – har bir yo‘nalishda bittadan
• Standout Startup – yangi ishlab chiquvchidan eng yaxshi ilova;
• Standout Indie – indi-ishlab chiquvchidan eng yaxshi o‘yin;
• Best Families App – oila uchun o‘yinlar;
• Best Use of Material Design – interfeys sifati bo‘yicha Google uslubidagi eng yaxshi ilova;
• Early Adopter – yangi, ammo keng tarqalmagan texnologiyani (masalan, VR) qo‘llovchi eng yaxshi ilova;
• Go Global – eng yaxshi lokalizatsiyali ilova;
• Most Innovative – eng innovatsion ilova;
• Best App – barcha parametrlarga ko‘ra eng yaxshi ilova;
• Best Game – barcha parametrlarga ko‘ra eng yaxshi o‘yin.

Top