20:04 / 26.04.2016
3732

Islom Karimov: O‘zbekiston Rossiyaga meva va sabzavot yetkazib berishda Turkiyaning o‘rnini bosa oladi

O‘zbekiston prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasiga uzoq muddat davomida meva va sabzavotlar yetkazib berish salohiyatiga ega hisoblanadi va bu borada O‘zbekiston Turkiyaning o‘rnini bosa olishi mumkin.

"To‘g‘risini aytaylik: Turkiya endilikda ma'lum bir sabablarga ko‘ra, Rossiyani meva va sabzavotlar bilan ta'minlay olmaydi. Meva va sabzavotlar yetkazib berilishi to‘xtatilishining jiddiy sabablari mavjud. Aytingchi, axir O‘zbekistonda meva va sabzavotlar kam yetishtiriladimi?", deydi Islom Karimov Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida.

"O‘zbekiston 2016 yilda meva va sabzavotlar yetishtirish hajmini 4,5 mln tonnaga oshirmoqchi. Raqamlar shunday. Biz shunchaki 1 yil uchun emas, uzoq muddat davomida Rossiyani meva va sabzavotlar bilan ta'minlay olamiz”, deb qo‘shimcha qilgan respublika rahbari.

Top