19:32 / 26.04.2016
1626

Reuters: xakerlar SWIFT tizimiga hujum qilishdi

Bank o‘tkazmalari bo‘yicha SWIFT xalqaro tizimi so‘nggi kunlarda bir necha bor xakerlarning hujumiga duch kelgan. Moliyaviy birlashmaning shu haqda so‘z yuritilgan ichki hujjatlari Reuters agentligi ixtiyoriga tushgan.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, gap "kiberhududda amalga oshirilgan bir nechta hodisa xaqida bormoqda". Ammo hujjatda o‘g‘irlangan mablag‘ hajmi va sanasiga oydinlik kiritilmagan. Garchi ma'lumotlar OAV uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa-da, tizim operatorlari shunday hujumlar bo‘lganini Reuters agentligiga tasdiqlashgan.

Shu bilan birga, 25 aprel kuni SWIFT tizimi xavfsizlik xizmati xodimlari, xakerlar hujumidan ogoh etuvchi dasturni yangilashga erishganlar. Endilikda, mazkur tizimga a'zo barcha moliya muassasalari 12 mayga qadar ushbu dasturni mustaqil ravishda o‘rnatib olishlari kerak bo‘ladi.

Top