08:28 / 26.04.2016
1642

Shimoliy Koreya mobil telefonlardan noqonuniy foydalanish uchun jazoni kuchaytirdi

Shimoliy Koreya mobil telefonlardan foydalanish ortidan nazoratni oshirib, tashqi dunyo bilan ruxsat berilmagan aloqalar uchun jazoni kuchaytirdi. Bu haqda Shimoliy Koreyada inson huquqlari borasidagi "Oq kitobda" aytilgan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi axborot agentligi. Ushbu sharh 2014 yil oxiridan Janubiy Koreyaga o‘tgan 186 nafar Shimoliy koreyalik bilan olib borilgan so‘rovnoma asosida tuzilgan.

Janubiy Koreyaning milliy birlashish ishlari bo‘yicha vazirligining tahliliy hujjatlar jamlanmasida 2014 yil yanvarda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mobil telefonlardan chegaraoldi hududlarda foydalanishda payqalganlarni xavfsizlik idoralarining mahalliy bo‘limlariga emas, balki viloyatdagi markazlarga jo‘natish haqida ko‘rsatma bergan. Shimoliy Koreya hukumatining fikricha, bunday chora qoidabuzarlar joylarda mahalliy xavfsizlik bo‘limlari xodimlariga pora berib, jazodan qutulishi mumkinligi sababli qabul qilingan.

Shimoliy Koreyaga mobil telefonlar Xitoydan noqonuniy yo‘l bilan olib kiriladi. Qurilmalarda puli avvaldan to‘langan sim-kartalar bo‘lib, bu Shimoliy koreyaliklarga nafaqat Xitoyga, balki xalqaro aloqa orqali Janubiy Koreyaga ham qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatini beradi.

Top