12:49 / 26.04.2016
1464

Turkiya Suriya bilan chegarasida raketa qurilmalarini joylashtirdi

Turkiya armiyasi Suriya bilan o‘rtasidagi chegarasiga qo‘shimcha kuchlarini jalb qilmoqda, Kilis shahri hududida 80 soniya ichida 40 marta o‘q uzishga qodir raketa qurilmalari joylashtirildi. Bu haqida Anadolu nashri xabar berdi.

Agentlikning harbiy manbasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning g‘arbiy hududlaridan mamlakatning janubi-sharqidagi G‘azontepa provinsiyasidagi 5-bronetank brigadasining harbiy bazasiga Suriya chegarasidagi qo‘shin qismlarini kuchaytiruvchi harbiy texnika yuklangan 13ta treyler yo‘l oldi.

Kilis oxirgi hafta ichida Suriya bilan chegaradosh hududda IShID terrorchi guruhi nazorati ostida bir necha marta raketadan o‘qqa tutildi. Buning natijasida o‘n nafar kishi halok bo‘lgan, taxminan qirq kishi jarohat olgan.

25 aprelda turk OAV harbiy manbalarga tayanib Kilis hududiga qo‘shimcha bronotexnika yetkazilganini ma'lum qilishgandi. Turkiya tomondan otishmalar natijasida IShIDning sakkiz harbiysi o‘ldirilgan, shuningdek terrorchilarning raketasi ham yakson qilingan.

Top