15:27 / 27.04.2016
1573

«Chelsi» Nainggolanni 40 mln yevroga sotib olish arafasida turibdi

Italiyaning «Roma» va Angliyaning «Chelsi» klublari rimliklar yarimhimoyachisi Raja Nainggolan transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishmoqda.

Londonliklarning bo‘lajak bosh murabbiyi Antonio Konte belgiyalik yarimhimoyachini sotib olishni tayinlagan. «Chelsi» Nainggolan uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi.

Football Italia nashrining Sky Sport Italia va ESPN nashrlari manbalariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, inglizlar mazkur xaridni amalga oshirish uchun juda yaqin turishibdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nainggolan «Chelsi»ning Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etmasligi tufayli londonliklar safiga borib qo‘shilishni istamayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Ma'lumot uchun, «Roma» Nainggolanni 2014 yilning yanvarida «Kalyari» 50 foiz transfer huquqi evaziga 9 million yevro to‘lab sotib olgandi. 2015 yilda klub futbolchi uchun yana 9 million yevro to‘lagan va belgiyalik futbolchini to‘liq o‘ziniki qilib olgandi.

Top