17:19 / 27.04.2016
1489

Diyego Simeone: «Jangda askari ko‘p bo‘lganlar emas, ulardan yaxshi foydalanganlar g‘alaba qozonadi»

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalidan o‘rin olgan «Bavariya»ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz tayyormiz. Biz tavakkal qilishni istaymiz. Biz harakat qilamiz.

«Bavariya»da yaxshi futbolchilar juda ko‘p. Hujumda ham ularga variantlar ko‘proq. Ammo janglarda askari ko‘p bo‘lganlar emas, ulardan yaxshi foydalanganlar g‘alaba qozonadi.

Finalga yo‘llanma olishimiz uchun nafaqat yaxshi himoyalanishimiz, balki gol ham urishimiz kerak bo‘ladi. Biz «Bavariya»ga qarshi uchrashuvda bu ishni amalga oshirishga harakat qilib ko‘ramiz», – deya ta'kidlagan Simeone.

Top