18:21 / 27.04.2016
1608

Eron mudofaa vaziri: AQSh Sharqiy Osiyoda gegemon bo‘lishni xohlaydi

Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha V Moskva konferensiyasida bayonot berishicha, AQSh Sharqiy Osiyoda o‘z gegemonligi va harbiy qudratini o‘rnatish niyatida.

«Amerika o‘zining harbiy strategiyasi bo‘lmish xavfsizlik doktrinasi doirasida siyosiy-strategik va diplomatik tashabbuslari vositasida ekspansionizm siyosatini saqlab qolar ekan, gegemonligi va keng miqyosdagi harbiy qudratini o‘rnatishni ta'minlayapti», — degan Eron mudofaa vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Sharqiy Osiyoda shunday siyosat yurgizmoqda. Shu bilan rasmiy Vashington mintaqaning buyuk davlatlarini nazorat qilish, ularni tiyib turish va ularga qarshi turish maqsadida mintaqaning boshqa mamlakatlari bilan koalitsiya tashkil etishga erishmoqda.

Bundan oldinroq, Eron oliy rahnamosi Ali Hamenei ham AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarni faqatgina qog‘ozda olib tashlagani xususida bayonot bergan edi.

Eron oliy rahbari: AQSh sanksiyalari qog‘ozdagina bekor qilingan

Top