18:09 / 27.04.2016
1831

Xitoyliklar APL va MLSda klub sotib olishmoqchi

Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubi xo‘jayinlari Angliya premer-ligasi va AQSh futbol ligasi MLSdan klub sotib olish variantini ko‘rib chiqishmoqda.

As nashri bergan xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar hozirda mavjud bo‘lgan, o‘z ichiga Manchester, Nyu-York va Melburn klublari kirgan City Football Group birlashgan kompaniyasi kabi yangi guruh tuzishni maqsad qilgan.

Mazkur loyihaning salohiyatli a'zolari sifatida jamoaning bosh homiysi Evergrand va klubda sezilarli ravishda boshqaruv aksiyalariga ega bo‘lgan Alibaba kompaniyalari ko‘rilmoqda.

Xitoylik investorlarni ingliz jamoasini sotib olish orqali premer-liga televizion huquqni sotishdan oladigan katta foydasi orqali yaxshigina pul ishlab olish imkoniyati mavjudligi qiziqtirmoqda.

Top