21:12 / 28.04.2016
1695

BMT Xavfsizlik kengashi Kot-D'Ivuardan sanksiyalarni oldi

BMT Xavfsizlik kengashi 28 aprelda avvalroq Kot-D'Ivuarga qarshi kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishga qaror qildi. Tegishli rezolyutsiya Xavfsizlik kengashi a'zolarining bir ovozi bilan qabul qilindi.

Kot-d'Ivuarga qarshi sanksiyalar 2004 yildan boshlab bir necha bosqichda kiritilgan. Bugungi kungacha ular qurol-aslaha embargosi hamda safarlar uyushtirishga taqiqlov va bank mablag‘larini muzlatishni ko‘zda tutuvchi jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi manzilli choralarni o‘z ichiga olgan. 28 aprelda qabul qilingan rezolyutsiya bilan BMT Xavfsizlik kengashining sanktsion tartibning bajarilishini nazorat qilish uchun yaratilgan qo‘mitasi tarqatib yuboriladi.

Kot-d'Ivuarda 2010 yil oktabrda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlaridan keyin prezident etib saylangan Alassan Uattara guruhlari bilan prezident lavozimidan ketishni istamagan Loran Gbagbo qo‘shinlari orasida qurolli ixtilof chiqqan. To‘qnashuvlar oqibatida 3 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan. Uattara 2011 yil 21 mayda mamlakat prezidenti sifatida qasamyod keltirgan.

Top