11:09 / 28.04.2016
1671

NYT: AQSh prezidenti lavozimiga nomzod o‘z shtabining yuzlab xodimlarini bo‘shatmoqda

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Berni Sanders o‘zining saylov shtabi xodimlarining bir necha yuzlab xodimlarini bo‘shatib yubormoqchi. U bu haqda The New York Times gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Senatorning aytishicha, bu bo‘shatishlar prezidentlik poygasi doirasida demokratlarning praymerizlari o‘tgan shtatlardagi yuzlab xodimlarga taalluqli bo‘ladi.

"Bizga butun mamlakat bo‘ylab ishchilar boshqa kerakmas. Bizga Konnektikutda hech kim kerakmas. U yerda saylovlar o‘tdi. Bizga Merilendda ham xodimlar kerakmas. Shuning uchun biz qolgan ishchilarimizni ovoz berish hali o‘tmagan 14 ta uchastka bo‘yicha taqsimlamoqchimiz", deb tushuntirdi o‘z qarorini Sanders.

Siyosatchi o‘zining barcha kuchlarini demokrat nomzodlarni tanlash bo‘yicha yakunlanayotgan kurashning muhim bosqichlariga yo‘naltiradi. Birinchi navbatda tashviqot AQShning eng yirik shtati – Kaliforniyada kuchaytiriladi. Bu yerda praymeriz 7 iyunda bo‘lib o‘tadi. Sandersning aytishicha, Kaliforniyada g‘alaba qozonish u uchun juda muhimdir.

Avvalroq Sanders Rod-Aylenddagi praymerizda g‘olib bo‘lgandi.

Top