18:59 / 29.04.2016
4041

Andijonda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

Andijon shahrida 1997-1998 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

Balandlikka, uch hatlab va uzunlikka sakrash bo‘yicha bahslarida Temur Rahmatullayev, Dmitriy Pupko, Igor Lixomanov, Marina Pilyugina, Oksana Molchanova, Viktoriya Dirdina g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Yadro, nayza, bosqon va disk uloqtirish bo‘yicha Farhod Suyunov, Erkin Usmonov, Jalolxon Tilavoldixo‘jayev, Akmal Narzullayev, Farida Hakimova, Gulchehra Sayfullayeva, Gulruxsora Hoshimova, Sevara Rejyepovaga teng keladigan topilmadi.

O‘nkurash bahslarida Oleg Poshvin 5489 ochko bilan yetakchilik qilgan bo‘lsa, Aleksandra Yurkevsaya yetti kurashda 4755 ochko bilan birinchi bo‘ldi. Langar cho‘pga tayanib sakrashda Aziz Seytojiyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.

100, 200, 400, 1500 metr masofaga yugurishda Jaloliddin Hamroqulov, Vladimir Ampilogov, Anvar Sarimsoqov, Bekzod Safarov, Anna Shimanis, Mariya Lemzyakova, Elmira Gazizova, Tatyana Talanova marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib keldi. Yuz metrga estafetada o‘g‘il bolalar o‘rtasida Samarqand, qizlar o‘rtasida Toshkent shahri jamoalari g‘olib bo‘ldi. 110 va 400 metrga to‘siqlar osha yugurishda Shohrux Baratov, Iroda Olimova hamda Kamilla Yoqubova barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

10000 metrga sportcha yurish bo‘yicha Doniyor Ismatov va Sevara Ibrohimova birinchi bo‘ldi.

Top