00:56 / 29.04.2016
2893

Turkiya parlamenti deputatlari janjallashib ketdilar

Turkiya parlamenti deputatlari yig‘ilish vaqtida janjallashib ketdilar. Janjalga gap deputatlarni daxlsizlikdan mahrum qilish qonun loyihasiga kelganda komissiya raisining deputatlarning yordamchilari va matbuotni yig‘ilish zalidan chiqarib yuborish talabi sabab bo‘ldi. Bu talab Xalqlar demokratiyasi partiyasi vakillari tomonidan norozilik keltirib chiqardi va ularning janjal ko‘tarishiga sabab bo‘ldi.

Oqibatda muhokama 2 mayga ko‘chirildi.

Top