20:23 / 30.04.2016
2161

Formula-1, Rossiya Gran-prisi: Rosberg poygani poul pozishndan boshlaydi

Mercedes’ning nemis poygachisi Niko Rosberg ketma-ket ikkinchi poygani poul pozishn, ya'ni 1-pozitsiyadan boshlaydigan bo‘ldi. Rosberg "Formula-1" poygasining Sochida o‘tayotgan Rossiya Gran-prisi saralash bosqichida eng yaxshi vaqtni ko‘rsatdi.

Rosberg 3-segmentda 1.35,417 natijani ko‘rsatdi. Poygada Rosberg yonida "Ferrari" poygachisi Sebastyan Fettel turadi, u Rosbergdan 0,7 soniya ortda qoldi. Poygani 3- va 4-pozitsiyadan mos ravishda Valtteri Bottas va Kimi Raykkonenlar boshlaydi.

Rossiyalik poygachi Daniil Kvyat poygani 8-pozitsiyadan boshlaydi.

Amaldagi chempion Lyuis Xemilton navbatdagi marta muammolarga duch keldi. Britaniyalik poygachi 3-segmentdan start olganda bolidi bilan muammolar yuzaga keldi.

Rossiya Gran-prisi 1 mayda bo‘lib o‘tadi.

Saralash bosqichi quyidagicha yakunlandi:

1. Niko Rosberg (Mersedes) — 1:35.417

 2. Sebastyan Fettel (Ferrari) +0.706

 3. Valtteri Bottas (Uilyams) +1.119

 4. Kimi Raykkonen (Ferrari) +1.246

 5. Felipe Massa (Uilyams) +1.599

 6. Daniel Rikkardo (Red Bull) +1.708

 7. Serxio Peres (Fors Indiya) +1.795

 8. Daniil Kvyat (Red Bull) +2.042

 9. Maks Ferstappen (Toro Rosso) +2.166

 10. Lyuis Xemilton (Mersedes) — marraga yetib kelmagan.

 Ikkinchi segmentdan chiqib ketdi:

 11. Kichik Karlos Sayns (Toro Rosso)

 12. Jyenson Batton (Maklaren)

 13. Niko Xyulkenberg (Fors Indiya)

 14. Fernando Alonso (Maklaren)

 15. Romen Grojan (Xaas)

 16. Esteban Guterres (Xaas)

Birinchi segmentdan chiqib ketdi:

 17. Kevin Magnussen (Reno)

 18. Jolion Palmer (Reno)

 19. Felipe Nasr (Zauber)

 20. Paskal Verlyayn (Manor)

 21. Rio Xarianto (Manor)

 22. Markus Eriksson (Zauber)

Top