00:25 / 30.04.2016
3226

Samsung Otto: internetga ulana oluvchi uyning robot-yordamchisi

Samsung kompaniyasi San-Frantsisko (Kaliforniya, AQSh)da dasturchilar uchun bo‘lib o‘tgan anjumanda zamonaviy «aqlli» uylar uchun robotlashtirilgan yordamchi Otto qurilmasini namoyish etdi.

Qurilma «Internet buyumlari» konsepsiyasi doirasida ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning asosiga esa Artik apparat platformasi o‘rnatilgan. Robot kamera, mkrofonlar, dinamik va «bosh»ga biriktiriladigan kichik displeydan tashkil topgan. Ekran yuz qiyofasi va animatsiyalangan suratlarni namoyish etishga xizmat qiladi. 


Otto savollarga javob bera oladi: foydalanuvchilar ob-havo ma'lumoti haqida xabardor bo‘lishlari yoki so‘nggi yangiliklarni tinglashlari mumkin. Robot shuningdek, musiqani yangrata oladi va intellektual maishiy jihozlar bilan bog‘liqlikda ishlaydi. 

Bundan tashqari, Otto uyni qo‘riqlash vazifasini ham bajara oladi, ya'ni u maxsus kamera orqali uy egasining mobil qurilmasi yoki shaxsiy kompyuteriga tasvirlar yuboradi. Robotning boshi o‘ngga, chapga aylanashi va pastga, tepaga egilishi mumkin. Bu esa unga uyning barcha burchagini aniq kuzatishiga yordam beradi. 
Otto hozirgi ko‘rinishi - bor-yo‘g‘i prototip, holos. Samsung kompaniyasi mazkur qurilmani savdo bozorlariga chiqarishni rejalashtirmagan.

Top