10:38 / 03.05.2016
4933

Klaudio Raneri: «Lester»ga murabbiy bo‘lganimda, chempionlikni tasavvur ham qilmagandim»

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoasi bilan muddatidan oldin Angliya chempioni bo‘lganini bilganidan so‘ng o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men juda faxrlanaman. Men futbolchilar, prezident, «Lester»ning barcha xodimlari, muxlislar va bizning shahrimiz uchun xursandman. Bu aqlbovar qilmas hissiyot, barcha uchun xursandman.

Meni bu vazifaga tayinlashganida, bunday natijalarga erisha olishimizni kutmagandim. Men pragmatikman, men shunchaki g‘alaba qozonishni va o‘yindan-o‘yinga rivojlanib borishni istagan edim. Bu narsa bizni nimalarga yetaklashini kutmagan edim.

Futbolchilar fantastik mavsumni o‘tkazishdi. Ularning maqsadlari, tirishqoqligi va ruhiyati bunga sabab bo‘ldi. Har o‘yinda bir-biri uchun kurashdilar. Men bunday o‘yinchilarni yaxshi ko‘raman. Ular chempion bo‘lishga haqli edi», - deydi Raneri.

Mavzuga oid
Top