18:21 / 06.05.2016
5347

Qarshi shahrida zamonaviy savdo majmuasi foydalanishga topshirildi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 145 do‘konni o‘z ichiga olgan va 1 gektardan ortiq hududni egallagan Qarshi savdo majmuasi tubdan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Ushbu savdo majmuasida 1 milliard 450 million so‘mdan ziyod qurilish-ta'mirlash ishlari bajarildi. Buning natijasida obektning tashqi ko‘rinishi zamonaviy qiyofaga keldi. Do‘konlar, yo‘laklar kengaytirilib, sotuvchiyu xaridorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratildi. Bunga misol tariqasida, do‘konlarning shaffof oynavand asosga ega bo‘lgani keltirish mumkin.

Top