18:51 / 09.05.2016
5321

Ford yo‘lovchilar uchun shishirilgan xavfsizlik qafasini ishlab chiqardi

Ford kompaniyasi xavfsizlik yostiqlarining yangi ko‘rinishini patentladi, uning qayd qilinuvchi hujjatlardagi rasmiy nomi - "xavfsizlik qafasi" (safety cage). Ishlab chiqaruvchi yangi ixtironing orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilarni har qanday baxtsiz hodisalarda samarali himoya qila olishiga ishontirmoqda

Yangi yostiqning ko‘rinishi U-shaklida bo‘lib, u salonning orqa qismi shiftida mahkamlangan. Tizim faoliyati uchun qator sensorlardan ma'lumot to‘plab, ularni tahlil qiluvchi alohida protsessor javob beradi. Masalan, bolalar kreslosi o‘rnatilganmi yoki yo‘q, shuningdek orqa o‘rindiqda birortasi bormi yoki yo‘q. Agar birortasi bo‘lsa, "Ford" odatiy vazn ko‘rsatkichlari hamda infraqizil ko‘rsatkichlar, hatto kameralardan foydalanishni taklif etadi.

Bunday xavfsizlik yostiqlari seriyasining qachon paydo bo‘lishi haqida hozircha ma'lumot berilmadi.

Bugungi kunda "Fordlar"ga (Mondeo va Explorer) orqa yo‘lovchilar uchun ko‘krak qafasida jiddiy jarohatlar ehtimolini kamaytiruvchi shishirilgan xavfsizlik kamarlari o‘rnatilmoqda.

Mavzuga oid
Top