22:44 / 10.05.2016
12273

Internetda iPhone 7’ning yangi «jonli» surati paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 7 smartfonining «jonli» surati paydo bo‘ldi. Bu haqida Ubergizmo xabar bergan.

Suratda qurilmaning orqa qopqog‘i aks ettirilgan va u deyarli barcha taxminiy ta'riflarga mutlaqo mos keladi. 

Suratda plastik ajratmalar sezilmaydi va u qurilma chetlariga yaqin joylashgan. Pastki qismda Smart Connector o‘rin egallagan, biroq insayderlar uning iPhone’da mavjudligini rad etishdi. Shuni qayd etish kerakki, kamera bu yerda ikki taraflama emas, standartdir. Shuningdek, u iPhone 6 kabi  korpusdan bo‘rtib chiqmagan.

Avvalroq, tarmoqlarda smartfon hajmini ko‘rishga imkon beruvchi  iPhone 7 maketining surati paydo bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, korpus uzunligi - 138,3 mm, kengligi — 67,1 mm. Hajmi jihatdan qurilma iPhone 6s’ni yodga soladi. Smartfon qalinligi esa hozircha no'malum.

Mavzuga oid
Top