15:00 / 11.05.2016
2822

Xames Rodriges «Arsenal»ga o‘tishi mumkin 

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Xames Rodriges baribir jamoani tark etishi oydinlashmoqda. 

«Qaymoqranglilar» jamoasi prezidenti Florentino Peres futbolchining agenti Jorjye Mendeshga kolumbiyalik xavbek uchun yangi jamoa topishi mumkinligini bildirgan. 

El Confidencial nashri bergan xabarga ko‘ra, futbolchiga hozirda «Arsenal» va «Manchester Siti» jamoalari xaridor bo‘lib turishibdi. Biroq ikkala klub ham Xamesni sotib olish uchun «Real» sarflagan 80 mln yevrodan anchagina kamroq miqdorda mablag‘ to‘lash niyatida.

Top