11:31 / 11.05.2016
15673

Next Step Up School: Abituriyentlar uchun bepul tayyorgarlik seminari

Imtihon vaqti yaqinlashmoqda. Uning javoblari bitiruvchi va abituriyentlarning kelgusi hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi.

Bu xayajon o‘z-o‘zidan ota-onaga ham o‘tadi. Ulardan boshqa yana kim ham o‘z farzandining kelajagi uchun chin dildan kayg‘urishi mumkun. Barcha hayajonni bartaraf etish uchun esa quyidagi eng asosiy bosqichlarda aniq harakat rejasini tuzish kerak.

Ushbu maqolada rejani aniq amalga oshirish uchun qilinishi kerak bo‘lgan majburiy punktlar hamda Next Step Up School maktabi tavsiya qilgan g‘oyalar bilan tanishishingiz mumkin.

1.    Farzandingizga mos keladigan o‘quv muassasini tanlash.

Bu yerda, siz farzandingizning qobiliyati va moyilligiga e'tibor qaratishingiz kerak. Hattoki, o‘zingizning tajribangizdan kelib chiqib, inson o‘zi sevgan kasbidan bahramand bo‘lishini ishonch bilan aytishingiz mumkin.

Shuningdek, farzandingiz o‘qish faoliyatiga o‘z ta'sirini o‘tkazadi: agar bolada aql tuzilishi ijtimoiy fanlarga yondashgan bo‘lsa, matematika va iqtisodiy fanlarni o‘rganish unga qiziq bo‘lmaydi, yoki matematik formula va hisob kitobga tortsa, uni majburlab, tarixni o‘rgatib bo‘lmaydi.

Agar farzandingizning kollej yoki litsey tanlashdagi dastlabki fikrini inobatga olsangiz, u o‘z tanlovining to‘g‘ri ekanligiga yoki mutloq uning yo‘nalishi emasligini anglashga amin bo‘ladi.

Bundan tashqari, u ota-ona tomonidan qo‘llab-kuvvatlanishiga xursand bo‘ladi va o‘ziga ishonchi oshadi. Bularga astoydil tayyorlanish uchun imtihondan bir yil avval o‘quv muassasasini tanlab qo‘yish kerak.

2.    Tayyorgarlik.

Avvalambor, o‘z bilim va imkoniyatini baholab olishi kerak. Ayrimlar qo‘ygan maqsadiga yoshligidanoq tayyorlanadilar va o‘z yutuqlarida umuman ikkilanmaydilar.

Ko‘pchilik imtihonlarning qanchalik jiddiy va qiyin ekanligi haqida yozgacha ham o‘ylamaydilar.

Tayyorlov jarayonining samarasi uchun yaxshi o‘qituvchilar yoki tayyorlov kurslarini izlash kerak, kirishga raqobat va maktabda olingan bilimning o‘zi yetishmasligi sababli qo‘shimcha harakat talab qilinadi.

“Yo‘l ko‘rsatuvchi” tanlashdagi xatodan holi bo‘lish uchun bunday masalada tajribali tanish odamlar bilan maslahatlashish lozim yoki internetda nodavlat ta'lim muassasalari haqida taqriz o‘tkazish kerak.

Yana bir yechim, markazlar taqdim etadigan bepul sinov darslariga borib ko‘rish mumkin. Agarda, sizga mos keluvchi variant topilgan bo‘lib tuyulsa, o‘zingizni bo‘sh qo‘ymang, ahir harakat va intilish avvalambor o‘quvchining o‘zidan kelib chiqishi kerak. 

Har yilning bahor faslida litsey, kollej va oliy o‘quv yurtiga kirish uchun tayyorlanishga innovatsion maktab Next Step Up School'da ISP tanlov o‘tkaziladi.

9 oy mobaynida talabalar eng yaxshi tengdoshlari bilan ingliz tilining turli jihatlari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishadi.

Hisob-kitob ishqibozlari uchun ingliz tilida matematika ham o‘tiladi: bu kurslarni bitirgach, Next Step Up School talabalari osonlikcha Vestminster Universiteti qoshidagi litsey imtihonlaridan o‘tadilar.

Bizning usulning samaradorligiga bilim va intizomning doimiy nazorati hamda o‘quv dasturining xususiyatlari orqali erishiladi.

Maktabimizda uch soatlik darslar haftada 3 marta o‘tkaziladi va ingliz tilini har tomonlama o‘rganish usullarini o‘z ichiga oladi: o‘qish, tinglash, grammatika, yozma va og‘zaki nutq.

2016-2017 o‘quv yili uchun tanlov boshlandi. Maktabimizning bo‘lajak talabalari ro‘yxatdan o‘tish uchun saralov bosqichidan o‘tishi lozim: so‘rovnoma (anketirovaniye), test va suhbat.

O‘qish esa 2016 yilning 10 noyabridan boshladi.  

3.    Abituriyentning imtihonga tayyor ekanligini tekshirish.

Rejaning so‘nggi nuqtasi hisoblanadi. Agar siz fanlarni yaxshi bilsangiz va o‘z farzandingiz bilimini baholay olsangiz, bu – ajoyib. Biroq, ota-onalar to‘la-to‘kis o‘qituvchi va farzandlariga suyanib qoladilar, bu esa har doim ham ishonchli emas.

Baxtimizga, hozirda bolaning test sinovlariga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilish uchun turli usullar mavjud. Ulardan biri dtm.uz saytida mavjud bo‘lgan Davlat test markazi taqdim etgan onlayn test sinovidir. Bu usul mahalliy OUYuga kiruvchilar uchun foydali.

Ingliz tili darajasini tekshirish uchun http://nsus.uz/ru/onlayn-test orqali test o‘tkazish ham mumkin.

Next Step Up School maktabi faqatgina tekshiruv bilan chegaralanibgina qolmay, balki, qisqa rekord vaqt – 3 kun mobaynida davlat imtihonlariga tayyorlay oladi!

3 kunlik bepul seminar har yili o‘tkaziladi. Seminar vaqtida o‘qituvchilar o‘quvchilarga kirish imtihonlarida uchraydigan asosiy mavzularni o‘rgatadilar va imtihonga xos masalalar ustida ishlaydilar.

Bundan tashqari Vestminster Universiteti qoshidagi litseyga tayyorgarlik ko‘rayotgan bitiruvchilar uchun markaz Writing (yozma nutq) va ingliz tilida matematika bo‘yicha mahorat sinflari uyushtiradi. 

Next Step Up School maktabi haqida ma'lumot:

O‘quv markazi 2012 yildan boshlab o‘z faoliyatini ko‘rsatib kelmokda. Bu vaqt mobaynida maktabda tashkil etilgan kurslar nafaqat O‘zbekistondagi litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlari, balki chet el universitetlariga o‘qishga kirish uchun ingliz tilini samarali o‘rganish vositasi ekanligi isbotlandi.

Hozirda maktabda bog‘cha yoshidagi bolalar uchun ham ingliz tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi. O‘quv markazida huddi shunday yuqori darajada boshqa ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham kurslar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Murojat uchun:    +998 90 1745490 / +998 90 9356465

Elektron pochta: info@nsus.uz

Veb-sayt: http://nsus.uz/

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi 55, O‘zDJTU qoshidagi 2-akademik litsey, 4-bino. 

Top