10:17 / 12.05.2016
3737

Odil Ahmedov "Krasnodar"ning "Krilya Sovetov"ga qarshi o‘yini vaqtida jarohat oldi

11 may kuni Rossiya chempionatining 28-turi doirasida "Krasnodar" va "Krilya Sovetov" jamoalari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. 

Krasnodarliklar safida boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan Odil Ahmedov bahsning 15-daqiqasida jarohat tufayli maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Yuriy Gazinskiy maydonga tushirildi. Bu haqda jamoa rasmiy tvitteri orqali xabar berilgan.

Ahmedov raqib hujumini to‘xtatib qolish paytida sonining orqa qismidan jarohat olgan.

O‘zbekiston terma jamoasi sardorining jarohati qay darajada ekani tibbiy ko‘rikdan keyin aniq bo‘lishi aytilgan. 

"Krasnodar" "Krilya Sovetov"ni Fyodor Smolov urgan 3ta gol evaziga mag‘lub etdi va keyingi mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etishini kafolatladi.

Top