17:55 / 12.05.2016
3351

«Tottenhem» Pochettino bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirdi

«Tottenhem» jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha shartnoma tuzdi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, 44 yoshli mutaxassisning londonliklar klubi bilan hamkorligi 2021 yilgacha davom etadi.

Argentinalik mutaxassis «shporlar» jamoasini 2014 yilda qabul qilib olgandi. U joriy mavsumda jamoa bilan APLning ikkinchi o‘rnini egalladi va keyingi mavsum uchun YeChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Top