11:42 / 13.05.2016
14202

Chagayevni mag‘lub etgan Lukas Braun chempionlik kamaridan mahrum etildi

Doping uchun takroriy test topshirgan professional boksning superog‘ir vazn toifasida WBA (Regular) yo‘nalishi chempioni avstraliyalik 37 yoshli Lukas Braun qon tarkibida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi sabab, u chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Bundan tashqari bokschi Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) mavjud qoidalarga ko‘ra, olti oyga boksdan chetlatdi.

Ma'lumot uchun: Lukas Braun 5 mart kuni Checheniston poytaxti Grozniy shahrida o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayevni 10-raundda texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.

Chempionlik unvoni Ruslan Chagayevga qaytariladimi, yo‘qmi, bunga aniqlik kiritilmagan. Endi Ruslan 120 kun ichida Fres Okendo bilan chempionlik jangi yuzasidan kelishib olishi kerak bo‘ladi.

Top