20:32 / 15.05.2016
3475

18 yoshli Ferstappen "Formula-1"ning Ispaniya Gran-Prisi g‘olibi bo‘ldi

"Red Bull" poygachisi Maks Ferstappen Ispaniya Gran-Prisi g‘olibi bo‘ldi. 18 yoshli gollandiyalik poygachi poyga tarixida g‘olib bo‘lgan eng yosh poygachi bo‘ldi. Bu poyga  Ferstappenning "Red Bull" jamoasi uchun birinchi poygasi bo‘ldi. Ferstappen jamoaga rossiyalik Daniil Kvyatning o‘rniga kelgandi. Rossiyalik esa poygada 10-o‘rinni egalladi. 

2-o‘rinni "Ferrari" vakili Kimi Raykkonen, 3-o‘rinni esa uning jamoadoshi Sebastyan Fettel egalladi. Birinchi o‘rin uchun kurashayotgan "Mersedes" vakillari Niko Rosberg va Lyuis Xemilton to‘qnashib ketib, poyganing birinchi davrasidayoq kurashni to‘xtatishdi.  

"Formula-1". Ispaniya Gran-prisi.

1. Maks Ferstappen (Red Bull Racing) — 66 aylana
2. Kimi Raykkonen (Scuderia Ferrari) +0.616
3. Sebastyan Fettel (Scuderia Ferrari) +5.581
4. Daniel Rikkardo (Red Bull Racing) +43.950
5. Valtteri Bottas (Williams) +45.271
6. Karlos Sayns (Scuderia Toro Rosso) +1:01.395
7. Serxio Peres (Force India) +1:19.538
8. Felipe Massa (Williams) +1:20.707
9. Jyenson Batton (McLaren) +1 davra
10. Daniil Kvyat (Scuderia Toro Rosso) +1 davra
11. Esteban Guterres (Haas) +1 davra
12. Markus Eriksson (Sauber) +1 davra
13. Jolion Palmer (Renault Sport F1) +1 davra
14. Kevin Magnussen (Renault Sport F1) +1 davra
15. Felipe Nasr (Sauber) +1 davra
16. Paskal Verlyayn (Manor) +1 davra
17. Rio Xarianto (Manor) +1 davra
18. Romen Grojan (Haas) — marraga yetib kelmadi
19. Fernando Alonso (McLaren) — marraga yetib kelmadi
20. Niko Xyulkenberg (Force India) — marraga yetib kelmadi
21. Lyuis Xemilton (Mercedes AMG F1) — marraga yetib kelmadi
22. Niko Rosberg (Mercedes AMG F1) — marraga yetib kelmadi

Top