16:13 / 17.05.2016
11190

Beeline Wi-Fi xizmati Qo‘qonda ham ishga tushirildi

Aloqa operatori Beeline Qo‘qonda Wi-Fi xizmati ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Endi Beeline abonentlari “Daymond Texniks” savdo markazida, Qo‘qon pedagogik kolleji va Qo‘qon pedagogik institutida tezkor Internetning barcha imkoniyatlaridan soatiga $0,50 evaziga foydalanishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish chog‘ida trafik cheklanmaydi.

Beeline‘ning avvaldan to‘lov tizimi abonentlari Wi-Fi orqali Internetga ulana oladilar. Mablag‘ bevosita balansdan yechib olinadi. Wi-Fi‘dan foydalangan paytda balansdagi Megabaytlar sarflanmaydi. Tarmoq nomi – Beeline Wi-Fi.

Tafsilotlar www.beeline.uz saytida va Beeline Uzbekistan mobil ilovasida.

Top