15:15 / 18.05.2016
4851

Motorola Moto G smartfonining yangi avlodini namoyish etdi

Amerikaning Motorola kompaniyasi Hindistonda o‘tkazgan matbuot anjumanida Moto G smartfonining to‘rtinchi avlodini omma e'tiboriga havola etdi. Yangilangan telefon qatoriga 3ta model kiritildi: "oddiy" Moto G, takomillashtirilgan Moto G Plus va birmuncha arzonroq Moto G Play. Ular Braziliya va Hindistonda allaqachon sotila boshlangan. 

Aytish joizki, Moto G va Moto G Plus ko‘rsatkichlari bir-biriga juda o‘xshash. Ikkala qurilma ham 1080r o‘lchamli 5,5 dyuymli ekranga, Snapdragon 617 protsessori va Adreno 405 grafikasi, 3000 mA*s akkumulyator hamda 2 dan 4 gigabaytgacha operativ xotiraga ega. 

Motorolaning yangi mahsulotlari Android (Marshmallow) operatsion tizimida ishlaydi, ammo uning interfeysiga Moto Display va Moto Actions kabi birmuncha o‘zgartirishlar kiritilgan. Ularga o‘rnatilgan xotiralar hajmi modeliga qarab, 16, 32 yoki 64 GBni tashkil etadi. 

Moto G Plus "oddiy" modeldan ikkita funksiyasi bilan farq qiladi: uyga qaytish nuqtasiga joylangan barmoq izlarini skan qilish uskunasi va birmuncha sifatliroq kamerasi bilan farqlanadi. Agar Moto Gga 13 megapikselli fotosensor o‘rnatilsa, Plus modeli 16 mplik kameraga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, u lazerli va fazaviy avtofokusli bo‘ladi.  

Moto G 2016 oilasining uchinchi arzon vakili bu Moto G Play hisoblanadi. U 720r o‘lchamli 5 dyuymli ekranga ega soddalashgan modeldir. U birmuncha soddaroq Snapdragon 410 protsessori, 2 Gblik operativ xotira va 8 mpli kameraga ega bo‘ladi. Uning flesh-xotirasi 8 yoki 16 Gb bilan cheklanadi.

Yangi smartfonlar savdosi Buyuk Britaniyada iyun oyida boshlanadi. Moto G 169 funt, Plus esa 199 funtdan sotiladi. G Playning savdoga chiqishi muddati mintaqaga qarab o‘zgaradi. Umuman, u ham yoz mavsumida dilerlarga yetkazib berila boshlanadi.

Top